SportUz.Net
photo photo

Kvarasxeliya, Mudrik va Shomurodov. Sobiq ittifoq mamlakatlarining eng qimmat futbolchilari (top-15)

01.02.2023 13:31    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali sobiq ittifoq mamlakatlari futbolchilarining reytingini tuzib chiqdi. Bunda o‘yinchilarning ayni paytdagi transfer narxlari inobatga olingan.

Bunda 15ta mamlakatning eng qimmat futbolchisi ro‘yxatga kiritilgan. Gruziya vakili Xvicha Kvarasxeliya ushbu ro‘yxatda 1-o‘rinni egalladi. Uning narxi 60 million yevroga teng. Ikkinchi pog‘onani ukrainalik Maxail Mudrik (40 million yevro) egallagan bo‘lsa, Aleksandr Golovin kuchli uchlikka kirdi (Rossiya, 22 mln. yevro).

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi bo‘lgan Eldor Shomurodov esa reytingda 5-pog‘onani egalladi. Uning narxi 7 million yevro etib belgilangan.

1. Xvicha Kvarasxeliya (Gruziya). Klubi - "Napoli". Narxi - 60 mln yevro
2. Mixail Mudrik (Ukraina). Klubi - "Chelsi". Narxi - 40 mln yevro
3. Aleksandr Golovin (Rossiya). Klubi - "Monako". Narxi - 22 mln yevro
4. Eduard Spersyan (Armaniston). Klubi - "Krasnodar". Narxi - 9 mln yevro
5. Eldor Shomurodov (O‘zbekiston). Klubi - "Spesiya". Narxi - 7 mln yevro
6. Baxtiyor Zaynutdinov (Qozog‘iston). Klubi - SSKA. Narxi - 5 mln yevro
7. Oleg Ryabchuk (Moldova). Klubi - "Olimpiakos". Narxi - 4 mln yevro
8. Raymonds Krollis (Latviya). Klubi - "Spesiya". Narxi - 2,5 mln yevro
9-10. Vitaliy Lisakovich (Belarus). Klubi - "Rubin". Narxi - 1,5 mln yevro
9-10. Karl Xeyn (Estoniya). Klubi - "Arsenal" U-21. Narxi - 1,5 mln yevro
11. Emin Mahmudov (Ozarboyjon). Klubi - "Neftchi". Narxi - 1,4 mln yevro
12. Edgaras Utkus (Litva). Klubi - "Serkl Bryugge". Narxi - 800 ming yevro
13-14. Valeriy Kichin (Qirg‘iziston). Klubi - "Enisey". Narxi - 750 ming yevro
13-14. Parvizjon Umarboyev (Tojikiston). Klubi - SSKA 1948. Narxi - 750 ming yevro
15. Raxat Japarov (Turkmaniston). Erkin agent. Narxi - 250 ming yevro



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: