SportUz.Net

CHempion SHakur Stivenson vaqtinchalik chempion Sepedadan biroz og'irroq tosh bosdi

12.07.2025 12:18    


Rasmni yuklab olish

Ertaga tongda AQSHning Nyu-York shahrida Turki Al ash-SHeyx tomonidan tashkil etilayotgan katta prof boks oqshomi bo'lib o'tadi.

Turnirning asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustalari o'zaro to'qnash keladi. Amerikalik WBC chempioni SHakur Stivenson meksikalik vaqtinchalik kamar sohibi Uilyam Sepedaga qarshi ringga ko'tariladi. Ertangi jang oldidan rasmiy tarozidan o'tish marosimi tashkil etildi. 

Bokschilar belgilangan vazn meyorini bajarishdi: 

SHakur Stivenson — 61,2 kg;

Uilyam Sepeda — 61,05 kg.


Edgar Berlanga — 76,02 kg

Xamza SHiraz — 76,02 kg


Alberto Puello — 63,41 kg

Sabriel Matias — 63,5 kg


Imam Xataev — 79,3 kg

Devid Morrell — 79,3 kg

Malumot uchun, SHakur Stivenson prof ringda o'tkazgan 23 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. Tajribali Sepeda esa 33 ta jangda zafar quchgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: