SportUz.Net
photo photo

Ronaldu - XXI asrda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi

23.02.2021 15:30    


Rasmni yuklab olish

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) XXI asrda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu reytingni boshqardi. Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida rasmiy o‘yinlarda 1047ta o‘yinda maydonga tushgan. Ronaldu – XXI asrda 1000dan o‘yin o‘tkazgan yagona futbolchi hisoblanadi.

«Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas faoliyati davomida 1048ta uchrashuvda ishtirok etgan, ammo ularning 974tasini u XXI asrda o‘tkazgan.

Uchinchi pog‘onani esa «San-Paulu» klubi himoyachisi Dani Alves egalladi (969).

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi reytingda sakkizinchi o‘rinni band etdi (902ta uchrashuv).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: