SportUz.Net
photo photo

Son Xyon Min, Taremiy, Yoshida. IFFHS talqiniga ko‘ra Osiyo-2022 ramziy terma jamoasi

21.01.2023 15:31    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) Osiyoning eng yaxshi futbolchilaridan iborat 2022 yil ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Undan to‘rt nafar yaponiyalik, uch nafar janubiy koreyalik va ikki nafar saudiyalik futbolchi joy oldi. Shuningdek, Avstraliya va Erondan ham bir nafardan futbolchi top-11 likdan joy olgan.

IFFHS talqiniga ko‘ra OFK-2022 ramziy terma jamoasi

Darvozabon: Shuichi Gonda (Yaponiya, «Shmidzu S-Pals»);

Himoyachilar: Aziz Behich (Avstraliya, «Dandi Yunayted»), Maya Yoshida (Yaponiya, «Shalke-04»), Kim Min Je (Janubiy Koreya, «Napoli»);

Yarim himoyachilar: Salmon al-Faraj (Saudiya Arabistoni, «Al-Hilol»), Daichi Kamada (Yaponiya, «Ayntraxt»), Xvan Xi Chan (Janubiy Koreya, «Vulverhempton»), Takumi Minamino (Yaponiya, «Monako»);

Hujumchilar: Son Xyong Min (Janubiy Koreya, «Tottenhem»), Salim ad-Dovsariy (Sadiya Arabistoni, «Al-Hilol»), Mehdi Taremiy (Eron, «Portu»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: