"Forbes" nashri 2022 yilda eng ko‘p daromad olgan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ketma-ket ikkinchi yilda reytingning yuqori pog‘onasini egalladi. "PSJ" forvardi yakunlanayotgan yilda 130 million yevro daromad topgan.
Basketbolchi Lebron Jeymsning 2022 yildagi daromadi 112,2 million yevroni tashkil qilgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu 115 million yevro bilan kuchli uchlikka kirdi. Neymar esa 95 million yevro bilan 4-pog‘onani band etdi.
2022 yilda eng ko‘p daromad olgan sportchilar reytingi (top-10):
1. Lionel Messi (futbol) – 130 mln
2. Lebron Jeyms (basketbol) – 121.2 mln
3. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 115 mln
4. Neymar (futbol) – 95 mln
5. Stefen Karri (basketbol) – 92.8 mln
6. Kevin Dyurant (basketbol) – 92.1 mln
7. Rodjer Federer (tennis) – 90.7 mln
8. Saul Alvares (boks) – 90 mln
9. Tom Breydi (amerika futboli) – 83.9 mln
10. Yannis Adetokunbo (basketbol) – 80.9 mln
Topuriya engil vaznga o'tish haqida: "Bu aynan men istaydigan narsa. Ammo UFC xohlasa..."