SportUz.Net
photo photo

Stounz jahon chempionati rekordini yangiladi

11.12.2022 09:00    


Rasmni yuklab olish

Angliya terma jamoasi jahon chempionatining chorak finalida Fransiya bilan to‘qnash kelib, imkoniyatni boy berdi (1:2).

Inglizlar markaziy himoyachisi Jon Stounz mazkur o‘yinda jahon chempionati rekordini yangiladi. U bahs davomida jamoadoshlariga 72ta uzatma berdi va ularning barchasi manzil tomon aniq bordi. Ya’ni, Stounz uzatmalar aniqligi bo‘yicha 100 foizlik natija qayd etdi.

Jon ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 1974 yilgi Mundialda Paul Braytner tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Germaniyalik futbolchi o‘shanda 57ta uzatmanini aniq bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: