SportUz.Net
photo photo

Pepe va Ramush JCH tarixida o‘ziga xos rekord mualliflariga aylanishdi

07.12.2022 11:31    


Rasmni yuklab olish

6 dekabr kuni Qatardagi jahon chempionatining nimchorak final bosqichida Portugaliya terma jamoasi Shveysariya bilan to‘qnash kelib, yirik hisobda (6:1) g‘alaba qozondi.

Portugaliyaliklar safida gol muallifiga aylangan Pepe ayni paytda 39 yoshda bo‘lsa, Gonsalo Ramush 21 yoshga to‘lgan. Ularning yoshi orasidagi farq Mundiallar tarixida bir o‘yinda gol muallifiga bo‘lgan futbolchilar orasida eng katta farqqa aylandi (18 yilu 114 kun).

Shu paytgacha eng katta farq JCH-2010da qayd etilgan bo‘lib, meksikalik Kuautemok Blanko va Xavyer Ernandes o‘rtasidagi farq 15 yilu 13 kun edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: