SportUz.Net
photo photo

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar reytingi yangilandi: Mbappe yetakchilikni tortib oldi, Benzema 20-o‘rinda

30.11.2022 16:00    


Rasmni yuklab olish

Buyuk Britaniyaning Goal nashri 2023 yilgi «Oltin to‘p» uchun ehtimoliy nomzodlarning reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, avvalgi reytingda 3-o‘rinda qayd etilgan «PSJ» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. 23 yoshli futbolchi klubdoshi va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messidan o‘zib ketgan. Neymar esa uchga tushgan.

«Oltin to‘p» sovrining amaldagi sohibi Karim Benzema 20-pog‘onaga tushib ketgan. Shuningdek, bu galgi top-20 reytingga uch nafar yangi futbolchilar kirgan: Bukayo Saka, Pedri, Risharlison.

Top-20 lik bilan tanishing:

1 (avvalgi o‘rni — 3). Kilian Mbappe («PSJ»)
2 (1). Lionel Messi («PSJ»)
3 (2). Neymar («PSJ»)
4 (4). Erling Holand («Manchester Siti»)
5 (5). Robert Levandovski («Barselona»)
6 (6). Vinisius Junior («Real Madrid»)
7 (7). Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»)
8 (9). Muhammad Saloh («Liverpul»)
9 (10). Xvicha Kvarasxeliya («Napoli»)
10 (8). Jamal Musiala («Bavariya»)
11 (yangi). Bukayo Saka («Arsenal»)
12 (15). Kodi Gakpo («PSV»)
13 (16). Jud Bellinghem («Borussiya» D)
14 (yangi). Risharlison («Tottenhem»)
15 (yangi). Pedri («Barselona»)
16 (11). Harri Keyn («Tottenhem»)
17 (14). Rafael Leau («Milan»)
18 (19). Federiko Valverde («Real» Madrid)
19 (13). Fil Foden («Manchester Siti»)
20 (12). Karim Benzema («Real»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: