SportUz.Net
photo photo

Braziliya terma jamoasi Jahon Chempionatida rekord qayd etdi

29.11.2022 15:31    


Rasmni yuklab olish

Braziliya terma jamoasi JCH—2022 2-turida Shveytsariya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tite shogirdlari dastlabki turda Serbiyani ham 2:0 hisobida taslim etgan edi. Uchinchi turda «pentakampionlar» Kamerunga qarshi bahs olib boradi.

Braziliya terma jamoasi Jahon Chempionatida rekord qayd etdi. Janubiy Amerika vakili guruh bosqichlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 17 taga yetkazib oldi. Bu mundiallar rekordi hisoblanadi. Braziliya so‘nggi bor 1998 yilgi Jahon Chempionati guruh bosqichida Norvegiyaga (1:2) mag‘lub bo‘lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: