
Argentina terma jamoasi jahon chemponati guruh bosqichining 2-turi doirasida Meksikaga qarshi maydonga chiqib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan biri Lionel Messi hisobiga yozildi.
35 yoshli futbolchi bahsning 64-daqiqasida jarima maydoni tashqarisidan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Messi uchun mazkur gol Mundiallar doirasida jarima maydoni tashqarisidan urilgan to‘rtinchi gol bo‘ldi.
Leo JCHda debyut qilgan 2006 yildan boshlab hisoblasak, bu eng yaxshi natija hisoblanadi. Bu davrda David Vilya (Ispaniya) va Diyego Forlan (Urugvay) jahon chemiponatilarida olis masofadan 3ta gol urishgan.
Bu borada rekord braziliyalik Rivelinoga tegishli — 5 gol.
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi