SportUz.Net
photo photo

Donnarumma Buffonning rekordini yangiladi

22.02.2021 00:30    


Rasmni yuklab olish

"Milan" darvozaboni Janluidji Donnarumma Italiya A seriyasining 23-turi doirasida "Inter"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda ishtirok etdi. Mazkur bahs italiyalik posbon uchun Italiya chempionati doirasida 200-bahs bo‘ldi.

Donnarumma mazkur natijaga 21 yoshu 361 kunligida erishdi. Avvalgi rekord esa Janluidji Buffonga tegishli bo‘lib, u A seriya doirasida 200ta o‘yin o‘tkazgan paytda 24 yoshu 83 kunlik edi.

Donnarumma 2015 yildan buyon "Milan" darvozasini qo‘riqlab keladi. U 200ta o‘yinda 214ta gol o‘tkazib yubordi. Janluidji ularning 69tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Uning "rossoneri" bilan shartnomasi joriy mavsum so‘ngida yakuniga yetadi. Tomonlar hozirda kelishuvni uzaytirish borasida muzokara olib borishmoqda. Transfermarkt Donnarummani 60 mln yevroga baholagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: