SportUz.Net

Messi Ronalduga yetib oldi va bu ishni amalga oshirgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi

22.11.2022 16:00    


Rasmni yuklab olish

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatlaridagi gollari soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduga yetib oldi.

Albisileste" sardori bugun bo‘lib o‘tayotgan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinning 10-daqiqasida penaltidan hisobni ochdi.

Mazkur gol Messi uchun Mundialdagi 20-o‘yinda urilgan 7-gol bo‘ldi. O‘zining beshinchi JCHda qatnashayotgan argentinalik futbolchi hisobida, shuningdek, 5ta assist ham bor. Ronaldu esa Portugaliya termasi safida JCHning 17ta o‘yinida ishtirok etib, 7 gol va 2 assist muallifiga aylangan.

Lionel ketma-ket 5ta JCHda samarali harakatni amalga oshirgan (gol yoki assist) ilk o‘yinchiga aylandi. Uning Mundiallardagi statistikasi quyidagicha:

JCH-2006 — 1 gol  + 1 assist (3 o‘yin)
JCH-2010 — 1 assist (5 o‘yin)
JCH-2014 — 4 gol  + 1 assist (7 o‘yin)
JCH-2018 — 1 gol  + 2 assist (4 o‘yin)
JCH-2022 — 1 gol...



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: