Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) Qatar mezbonligida o‘tadigan JCH-2022'ning eng qimmat tarkibga ega jamoalari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Angliya terma jamoasining qaydnomasi eng qimmat sifatida e’tirof etilgan — 1,499 milliard yevro. Keyingi o‘rindan Braziliya terma jamoasi (1,455 mlrd yevro) joy olgan bo‘lsa, Fransiya (1,337 mlrd yevro) kuchli uchlikka yakun yasagan.
Top-10 lik bilan quyida tanishing:
1. Angliya — 1,499 milliard yevro;
2. Braziliya — 1,455 mlrd yevro;
3. Fransiya — 1,337 mlrd yevro;
4. Ispaniya — 1, 201 mlrd yevro;
5. Portugaliya — 1,154 mlrd yevro;
6. Germaniya — 1,020 mlrd yevro;
7. Niderlandiya — 756 million yevro;
8. Argentina — 748 mln yevro;
9. Urugvay — 590 mln yevro;
10. Belgiya — 562 mln yevro.
Jahon Chempionati 20 noyabr kuni start oladi. Final uchrashuvi 18 dekabr kuniga belgilangan.
30 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum