SportUz.Net

JCH-2022'ning eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi (top-10)

15.11.2022 17:31    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali Qatarda boshlanadigan jahon chempionatining narxi eng qimmat futbochlilari reytingini tuzib chiqdi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 160 million yevro narx bilan 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, braziliyalik Vinisius Junior ikkinchi pog‘onani band etdi (120 million). "Manchester Siti" klubi va Angliya milliy jamoasi a’zosi Fil Foden kuchli uchlikka kirdi.

1. Kilian Mbappe (Fransiya) – 160 mln yevro;
2. Vinisius Junior (Braziliya) – 120 mln yevro;
3. Fil Foden (Angliya) – 110 mln yevro;
4. Jamal Musiala (Germaniya) – 100 mln yevro;
5. Pedri (Ispaniya) – 100 mln yevro;
6. Jud Bellingem (Angliya) – 100 mln yevro;
7. Federiko Valverde (Urugvay) – 100 mln yevro;
8. Xarri Keyn (Angliya) – 90 mln yevro;
9. Bukayo Saka (Angliya) – 90 mln yevro;
10. Gavi (Ispaniya) – 90 mln yevro.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: