SportUz.Net
photo photo

«Manchester Siti» hamon yetakchi, «PSJ» — 3, «Real» esa 6-o‘rinda. Dunyoning eng qimmat tarkibga ega futbol klublari reytingi yangilandi

15.11.2022 00:00    


Rasmni yuklab olish

Germaniyaning Transfermarkt portali jahonning eng qimmat tarkibga ega bo‘lgan futbol klublari reytingini yangiladi.

Reytingning birinchi pog‘onasida hamon «Manchester Siti» bormoqda. «Shaharliklar» tarkibining umumiy qiymati 1,1 milliard yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rinda «Bavariya» qayd etilgan — 921 mln yevro. Kuchli uchlikka esa «PSJ» (890 mln yevro) yakun yasab bergan.

Kuchli beshlikdan, shuningdek, Angliyaning yana ikki klubi «Liverpul» va «Chelsi» o‘rin olgan. «Real» (839 mln yevro) reytingda 6-o‘rinda qayd etilgan, «Barselona» (800 mln yevro) esa 7-pog‘onaga joylashtirilgan.

Eldor Shomurodov to‘p suradigan «Roma» jamoasi 366 million yevro bilan reyting 25-pog‘onasidan joy olgan.

Top-10 lik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. «Manchester Siti» — 1,1 milliard yevro
2. «Bavariya» — 921 million yevro
3. «PSJ» — 890 mln yevro
4. «Liverpul» — 867 mln yevro
5. «Chelsi» — 847 mln yevro
6. «Real» — 839 mln yevro
7. «Barselona» — 800 mln yevro
8. «Manchester Yunayted» — 753 mln yevro
9. «Arsenal» — 749 mln yevro
10. «Tottenhem» — 678 mln yevro.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: