SportUz.Net
photo photo

"Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqaci olamsport obektivida FOTOREPORTAJ

14.11.2022 12:34    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi.

“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shoiri ostida tashkil etilgan mazkur loyiha bir vaqtda Respublikamizning 15 ta shahrida o'tkazildi. Poytaxtimizdagi “Humo arena” kompleksining oldida bo'lib o'tgan tadbir ko'tarinki ruhda tashkil qilindi.

Poyganing tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi, O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi Viktor Mahmudov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, Oliy va o'rta-maxsus talim vaziri Abduqodir Toshqulov, Mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari – Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig'i, general-mayor SHuhrat Xalmuhamedov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi. 

Unda so'z olgan rasmiylar Prezidentimiz tomonidan ommaviy sport va sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga katta ahamiyat qaratilayotgani, buning natijasida muzaffar atletlarimiz xalqaro maydonda yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarib kelishayotgani, bu kabi tadbirlar yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta hissa qo'shishini takidladilar.

SHundan so'ng yuzlab hamyurtlarimiz 3 km masofaga o'tgan poyga startida saf tortishdi. Qayd etish joiz, unda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz ham qatnashishdi. 

Murosasiz bahslar yakunida g'olib va sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

Erkaklar:
1. SHahram Abdurahmonov – 9:09.11
2. SHerzod Nadiyorov – 9:40.20
3. SHerbek Hayitov – 9:45.01

Ayollar:
1. Angelina Nasibullina 12:55.70
2. Diana Bektemirova – 13:02.11
3. Zarnigor Tuyg'unova – 13:22.01

Paralimpiya yo'nalishi, erkaklar:
1. Sardor Arziqulov – 13:31.5
2. Vladimir Baranov – 15:04.8
3. Kamron Davronbekov – 15:12.8

Ayollar:
1. Mahliyoxon Yoqubjonova – 17:34.2
2. Angelina Kolesnikova – 20:26.7
3. SHahina Azimova – 23:34.8

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: