Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etayotganligi haqida avvalroq olamsport.com sayti xabar bergandi.
30 oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada hamyurtimiz hozircha ikkita g'alaba qayd etdi va yarim final yo'llanmasini deyarli naqd qilib qo'ydi.
CHempionat tafsilotlariga oid malumotlar bilan o'rtoqlashmoqchimiz.
Musobaqada 8 nafar shaxmatchi ikkita guruhga bo'lingan holda kurash olib bormoqda.
Guruhlarda esa sportchilar quyidagicha bo'lingan:
A guruhi:
Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston)
Uesli So (AQSH)
Yan Nepomnyashiy (Rossiya)
Xyyorvar Steyn Gretarsson (Islandiya)
B guruhi:
Xikaru Nakamura (AQSH)
Magnus Karlsen (Norvegiya)
Vladimir Fedoseev (Rossiya)
Mattias Blubaum (Germaniya)
Nodirbek musobaqaga saralash bosqichi g'olibi sifatida etib kelgan. U saralashda Vetnam, Norvegiya va Ozarbayjon vakili, finalida niderlandiyalik Anish Girini mag'lubiyatga uchratganini qo'shimcha qilishimiz lozim.
SHaxmatchilar tur doirasida ikkitadan o'yin o'tkazishadi. Hozircha musobaqada ikkita tur ortda qoldi. Dastlabki turda Abdusattorov Yan Nepomnyashiyni ikki marotaba mag'lub etdi. Ikkinchi turda esa Uesli So bilan bitta durang va bitta g'alabaga erishib, guruhda peshqadamga aylanib oldi. So'nggi turda esa Abdusattorov ertaga mezbon Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi.
Guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan shaxmatchilar yarim finalga yo'l olishadi.
Hozirda Abdusattorov A guruhida birinchi o'rinni egallab turibdi. B guruhida ikkinchi pog'onani barchaga malum va mashhur Magnus Karlsen band etgan. Agar vaziyat shu tarzda qoladigan bo'lsa, biz yarim finalda yana Abdusattorov - Karlsen to'qnashuvini ko'rishimiz mumkin.
2-turdan keyingi holat:
Yarim finalda esa juftliklar quyidagicha to'qnash keladi:
A guruhi g'olibi - B guruhi 2-o'rin
B guruhi g'olibi - A guruhi 2-o'rin
Ertaga 3-tur o'tkazilsa, 28 oktyabr dam olish kuni hisolanadi. 29 oktyabr kuni yarim finallar tashkil etiladi. 30 oktyabr kuni esa final va 3-o'rin uchun bahs o'tkaziladi.
Musobaqada mukofot jamg'armasi quyidagicha taqsimlanadi:
1-o'rin: 150 000 dollar
2-o'rin: 85 000 dollar
3-o'rin: 55 000 dollar
4-o'rin: 40 000 dollar
5-o'rin: 25 000 dollar
6-o'rin: 20 000 dollar
7-o'rin: 15 000 dollar
8-o'rin: 10 000 dollar.
Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ