SportUz.Net

Benzema La liga tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 7-o‘ringa ko‘tarildi

16.10.2022 23:00    


Rasmni yuklab olish

«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Barselona»ga qarshi o‘yinda (2:0) o‘z hisobiga bitta gol urdi.

Fransiyalik futbolchi uchun mazkur gol La ligadagi 223-gol bo‘ldi. Karim mazkur natija orqali Ispaniya chempionati to‘purarlar ro‘yxatida Sesar Rodrigesdan o‘tib ketib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Benzema yana 5ta goldan so‘ng kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo‘ladi.

Bu borada rekord Lionel Messiga tegishli bo‘lib, u La ligada jami 472 ta gol urgan.

La liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar:

1. Lionel Messi – 472 gol;
2. Krishtianu Ronaldu – 311;
3. Telmo Sarra – 251;
4. Ugo Sanches – 234;
5. Raul – 228;
6. Alfredo Di Stefano – 227;
7. Karim Benzema – 223.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: