SportUz.Net
photo photo

YECHL. 3-turning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

06.10.2022 07:31    


Rasmni yuklab olish

UEFA Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur o‘yinlari yakuni bo‘yicha haftanig eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogar 4 nafar futbolchining nomini e’lon qildi.

Jovanni Di Lorenso ("Napoli" himoyachisi) — "Ayaks"ga qarshi o‘yinda (6:1) bitta gol urdi, to‘pni 7 marta o‘z jamoasi nazoratiga qaytardi, uning uzatmalari aniqligi 84 foizga teng bo‘ldi.

Anxel Di Mariya ("Yuventus" yarim himoyachisi) — "Makkabi Xayfa"ga qarshi bahsda (3:1) jamoasining 3ta goliga assistentlik qildi.

Jud Bellingem ("Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi) — "Sevilya" klubiga qarshi uchrashuvda (4:1) bir gol va bir assist muallifiga aylandi. O‘yinda 11,6 km. masofa yugurdi.

Andre Silva ("Leypsig" hujumchisi) — "Seltik" klubiga qarshi o‘yinda (3:1) 2 gol va bir assistga mualliflik qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: