Tez orada UFC'ga o'tishi kutilayotgan MMA jangchimiz Nursulton Ro'ziboevning "Instagram"dagi kuzatuvchilari soni 1 milliondan oshdi. Bu orqali Ro'ziboev tarmoqda millionlik dovonni zabt etgan ikkinchi o'zbek MMA jangchisiga aylandi.
Malumot uchun, "Instagram"dagi kuzatuvchilar soni bo'yicha Mahmud Muradov mutlaq etakchi - 2 mln.