SportUz.Net
photo photo

O'z joniga qasd qilish, qabrdan qazib olingan jasad, 13 yildan beri sir bo'lib qolayotgan tergov ishi. Arturo Gattining o'limi boks tarixidagi eng katta jumboqlardan biri bo'lib qolmoqda

29.09.2022 11:00    


Rasmni yuklab olish

Ha, bu rasman o'z joniga qasd qilish, lekin hammasi ko'ringanidek emas.

Hatto boksga qiziqmaydigan inson ham Arturo Gatti haqida eshitgan bo'lishi aniq. Ikki vazn toifasida jahon chempioni, yorqin g'alabalar va qonli mag'lubiyatlarni boshidan o'tkazgan Gatti ajoyib jang uslubi bilan muxlislar etiborni qozongan.

Uning janglari muxlislarda katta qiziqish uyg'otgan va ko'p bora "Yil jangi" deya etirof etilgan. Hatto Gattining o'limi ham sensaciyaga aylangan va qizig'i, shu kunga qadar sirliligicha qolmoqda. 

Arturo Gatti katta akasining ortidan boksga kirib keladi. Vaqt o'tishi bilan Jo Gatti "CHaqmoq", Arturo esa "Momaqaldiroq" laqabini oladi.

Arturo 1972 yilda Italiyaning Kassino shahrida tug'ilgan. Ammo Italiyada uzoq yashamadi. 1977 yilda otasi Jovanni Gatti butun oilasi - rafiqasi, ikki o'g'li va qizi bilan Kanadaning Monreal shahriga ko'chib ketdi. U erda aka-uka Arturolar sport bilan shug'ullana boshlashdi. Kichkina Arturo futbol va xokkeyni tanladi, Jo Gatti esa mushtlashishga etibor qaratdi va hatto bir oz muvaffaqiyatga ham erishdi. U yarim o'rta vazn toifasida Kanada chempioni bo'lib, AQSHga ko'chib o'tish orqali professional bokschiga aylandi.

Bu kelajakdagi chempionning, yani Arturoning faoliyati boshlanishiga yo'l ochib berdi. Akasining televideniedagi chiqishlarini tomosha qilar ekan, yosh Arturo jang sanatiga qiziqa boshlaydi. Bolakay birinchi marta boks zaliga 8 yoshida boradi va bu sport hayotining mazmuniga aylanadi. Aka-ukalarning birgaligi taxallusda aks etgan: Jo "CHaqmoq" nomi bilan tanilgan, shuning uchun milliy chempionatda g'alaba qozonganidan keyin Arturo undan keyin bo'lgani uchun "Momaqaldiroq" laqabini olgan.

Allaqachon havaskorlar o'rtasida Gatti o'z uslubida boks tusha boshladi: ochiq, xavfli va murosasiz. Bu o'z samarasini bera boshladi va Arturo o'smirlar o'rtasida ikki karra Kanada chempioniga, shuningdek eng engil va engil vazn toifalarida uchta "Oltin qo'lqop"ga ega bo'ldi.

Ammo o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida Gatti Gilberto Oteloga qarshi kechgan yorqin jangda mag'lub bo'ladi. Uning havaskor boksdagi porlagan paytlari 1992 yilda Ispaniyada bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga to'g'ri keldi. Biroq, Gatti boshqa yo'lni tanladi. Olimpiadani kutmasdan, u professional boksga yo'l oldi.

Uning uslubi ringdan tashqariga chiqdi va millionlab muxlislar uni olqishlashdi.

1991 yil 11 iyun kuni professional ringda Arturo butun dunyoga kim ekanligini ko'rsatdi. Bo'lajak chempion Xose Gonsalesni "yo'q qilishi" uchun uch raund kifoya qildi. SHu tariqa Gattining professional boksdagi qonli va murosasiz "filmi" boshlandi. Bu vaqt ichida u 40 g'alaba, 31 nokaut va 9 mag'lubiyatni qayt etdi. Gatti yarim engil vaznda (IBF yo'nalishi bo'yicha, 1995 - 1998) va yarim o'rta vaznda (WVC yo'nalishida, 2004 - 2005) jahon chempioni bo'ldi. 1997, 1998, 2002 va 2003 yillarda The Ring talqiniga ko'ra "Yil jangi" nominaciyasiga loyiq topildi.

Arturoning karerasida bir nechta janglar alohida ajralib turadi. Lekin barcha yorqin janglari ham g'alaba bilan yakun topmagan. 1996 yil 23 martda Gatti birinchi marta IBF chempionlik kamarini Uilson Rodrigesdan himoya qiladi. Ikkinchi raundda italiyalik nokdaunga uchraydi. Oltinchi raundda esa Gatti aql bovar qilmas chap xuk zarbasini yo'llaydi va Rodrigesni nokautga uchratadi.

2001 yilda Arturo yana bir afsona - Oskar De La Xoyya bilan jang o'tkazgan.

Jang boshidan Oskarning ustunlikni o'z qo'liga oladi va bu birinchi raunddayoq o'z samarasini beradi. Og'ir seriyadan so'ng Gatti yiqiladi, ammo o'rnidan turib, o'jarlik bilan kurashni davom ettiradi. De La Xoyyaning bosimi to'xtamadi va beshinchi raundga kelib uning aniq zarbalari 62 foizini tashkil qildi. Arturoning burchagidagi murabbiylar oxirigacha borishga qaror qilgan bokschining sog'lig'ini saqlab qolish uchun oq sochiqni tashlashga majbur bo'lishdi. Og'ir mag'lubiyatdan so'ng Arturo faoliyatida tanaffus qilishga majbur bo'ladi. Bu vaqt ichida Gatti murabbiylar shtabini o'zgartiradi.

Arturo Gatti - Mikki Uord qarama-qarshiligi

Mikki Uord ishtirokidagi uch epizodli jangovar film Gatti nomini chinakamiga abadiylashtirdi. 13 oydan kamroq vaqt ichida ular 3 ta jang o'tkazdi va ularning ikkitasi "Yil jangi" deb topildi.

Birinchi jangda Uord kuchliroq bo'lib chiqdi. Ajoyib jangda Mikki Gattini ochkolar hisobida mag'lub etadi va bu ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'lgan. Natijada olti oydan keyin revansh jangi tashkil etildi. Revanshning uchinchi raundida Uordning quloq pardasi yirtilishiga qaramay, Mikki kurashni davom ettirdi va 10 raund irodali boks namoyish etdi. Yakunda esa jang Arturo foydasiga hal bo'ldi. 1:1 hisobi hech qaysi bokschiga yarashmas edi va trilogiyada ochkolar hisobi bilan Gatti Uorddan ustun keldi.

30 raund natijalariga ko'ra Arturo g'alabaga erishgan. Ammo ko'pchilikning fikricha, ringda kim kuchliroq ekanligini aniqlash istagi bokschilarni unchalik tashvishga solmagan. Tanqidchilarning fikricha, trilogiyaning amalga oshishiga ommaviy axborot vositalarida yoritilishi va natijada bokschilarning katta gonorar olishi sabab bo'lgan. Gatti bu janglardan so'ng ko'p marta tekshiruvlardan o'tgan. Lekin aynan Mikki Uord bilan bo'lgan trilogiya uni dunyoda, hatto boksdan uzoq bo'lgan odamlar orasida ham mashhur qilgan.

"Momaqaldiroq" so'nggi jangini Alfonso Gomesga qarshi o'tkazgan. 

Gomes Arturoni 7-raundda muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratgan. Arturo kuchli edi, ammo samarali emas. Uning uslubi ringdan tashqariga chiqdi. Gatti ringda chiqishdan oldin hech qachon raqiblarining ko'ziga qaramagan. Bunday mayda detallar va tomoshalar uchun u millionlab muxlislar etiborini tortgan. Ammo taktika va texnikadagi bo'shliq tufayli Gatti 9 marta mag'lubiyatga uchragan. 

Arturoning boks texnikasi mukammal emas edi. Gattining ustunligi - oldingi qo'l bilan bosh va tanaga ketma-ket zarba yo'llash edi. Arturo masofani qisqartirgandan keyin kuchli seriyalar bilan ishlashni afzal ko'rar edi. Arturo o'rta va yaqin masofada o'zini chinakam erkin his qilgan.

Bu erda uning kuchi va chidamliligi unga ustunlik berar edi. Gatti ring bo'ylab yuqori tezlikda jang qilishda muammoga duch kelmagan. Ammo ko'pincha aniqlik ikkinchi o'ringa tushib qolgan va qarshi hujumlarda Arturo zaiflashib qolar edi. 

Gatti faoliyati davomida ko'p narsalarni o'tkazib yuborgan. Asta-sekin ringda boshdan o'tkazganlari o'z tasirini ko'rsata boshlaydi va chempion rang-barang nokautlarga uchraydi. 

Bu haqida Arturoning o'zi quyidagi so'zlarni aytgan: "Meni yiqitishingiz mumkin. Lekin baribir o'rnimdan turib, kurashni davom ettiraman".

Boksdan ketish, giyohvandlik, ko'pchilik uchun sir bo'lib qolayotgan o'lim sababi

Faoliyatini tugatgandan so'ng, Gatti oilasi bilan Monrealga ko'chib borgan. U faoliyatini yakunlaganidan keyin ko'p vaqtini ikkinchi rafiqasi Amanda Rodriges yonida o'tkazadi (Amanda Rodriges Gattining o'g'li kichik Arturoning onasi edi). Ammo oilaviy hayot qahramonimizni yomon odatlardan himoya qila olmadi. U boksdan ketgach spirtli ichimliklarga va giyohvand moddalarga berilib ketdi. U hatto sobiq qiz do'stiga hujum qilgani uchun qamoqqa tushgan. Odatiy hayot tarzidan tashqari muxlislar Arturoni yangi qiyinchiliklarga duchor qildi, bu esa qaysidir manoda ringdagi zarbalardan ham kuchli edi.

"U uchun boksni tark etish juda qiyin bo'lgan. Arturo nima qilishni bilmasdan faqat ichar edi. U mast bo'lganida butunlay boshqa odamga aylangan”, — degandi Rodriges.

2009 yil iyul oyida Gatti aytganidek, Braziliyaning Pernambuku shahrida "ikkinchi asal oyini" o'tkazadi. Ko'pchilik uchun ular tushgan suratda beg'ubor va baxtli oiladek ko'rinar edi. Ammo aslida er-xotin doimiy ravishda kichik janjallarga duch kelishgan. Aslida sayohat munosabatlarni yaxshilashga xizmat qilishi kerak edi. Reja amalga oshmaydi, mehmonxona xodimlarining takidlashicha, er-xotin doimiy ravishda tortishishgan. Amandaning o'zi sayohatni go'zal deb tariflagan, biroq keyinchalik Gattining do'stlaridan biri suhbatning audiosini tarqatib yuborgan. Audioda Arturo sayohati qo'rqinchli tush deb atagan.

Er-xotin oxirgi oqshomni eng zo'r restoranda o'tkazgan. O'sha erda voqeaga guvoh bo'lganlarning so'zlariga ko'ra, hammasi silliq o'tgan deyish biroz qiyin. Sababi, Arturo juda mast holda bo'lgan. Ertasi kuni sobiq bokschi singlisining to'yiga borishi kerak bo'lgan, shuning uchun Gatti rafiqasi bilan mehmonxonaga qaytadi.

Ertasi kuni ertalab soat to'qqizda Amanda yig'lab xonasidan yugurib chiqadi va eri o'z joniga qasd qilganini policiyaga malum qiladi. 2009 yil 11 iyulda Gatti bo'ynida qonga belangan kamar bilan o'lik holda topiladi. Tabiiyki, birinchi navbatda uning xotinidan gumonga borishgan. Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni, Arturo Gattining yaqin do'sti Aselino Freytas er-xotin ajrashishni reja qilganini aytib, vaziyatni og'irlashtirdi.

Gattining xotini Amandaning takidlashicha, Arturo o'z joniga qasd qilgan. Keyinchalik o'lim sababi "suicid" ekani aniqlanadi. SHunday qilib, uch hafta o'tgach, ayblovlar olib tashlanib, Rodriges ozodlikka chiqadi.

SHundan so'ng, ko'p o'tmay Kanada hukumati bu ishga qiziqish bildirdi. Ikkinchi tergov ishi 2009 yil 1 avgustda Kvebekda bo'lib o'tadi. U erda braziliyalik mutaxassislar marhumning tanasidagi ko'karish izlarini sezishmay, katta xatoga yo'l qo'yishadi.

"Biz picceriyaga borishga qaror qildik. Biz boshida oilaviy kechki taomni boshladik, ammo bu ham boshqa ko'plab oqshomlar kabi tugadi. Keyin Arturo mast bo'lib qoldi va unga restoranda qola olmasligimni, ketishim kerakligini aytdim. Agar xohlasa, o'zi qolishi mumkinligini aytganimdan so'ng janjal boshlandi. U meni urmadi, lekin polga itarib yubordi. Qo'llarim va iyagimni jarohatlab oldim. SHundan so'ng u mendan 10 oylik o'g'limni tortib oldi. Ertalab soat ikkida mehmonxonada uchrashganimizda uning boshida jarohat borligini ko'rdim. U to'rtta yigit bilan urishib qolganini aytib berdi. U mast emas edi, men bilgan Arturo oldimda edi. U bilan janjallashganimizdan keyin mendagi ko'kargan joylarni ko'rib qoldi va mendan buni kim qilganini so'radi. Unga buni o'zi qilganini aytdim. U mendan yana so'radi: "Demak, bizning oramizda hammasi tugadi?". Bunga boshqa chiday olmasligimni aytdim.

Yarim kechasi chaqaloq meni uyg'otib yubordi. Zinadan pastga tushganimda, Arturo polda yotganini ko'rdim, lekin bunga etibor berganim yo'q. CHunki, bunday holat tez-tez bo'lib turardi. Bir-ikki soatdan keyin uni hali xam erda yotganini ko'rdim. Keyin uning oldiga borib, uyg'otishga harakat qildim. U muzlab qolgan edi. Men vahimada edim va xonadan yugurib chiqib, baqira boshladim", — deya bo'lgan voqealarni esladi Amanda.

Ehtimol, ikkinchi tergov ishlari bo'lmaganda, hech kim bokschining o'limini tekshirishni boshlamagan bo'lardi. Lekin o'z joniga qasd qilish biroz shubhali edi. Gatti uzoq vaqtga bo'lmasa ham Monrealda dafn qilindi.

2011 yil noyabr oyida yangi tergov ishi bo'lib o'tadi. Jangchining oilasi eksgumaciya (murdani qabrdan qazib olish va tekshirish) va yangi tergov ishi o'tkazishga ruxsat bergan. Bu o'z samarasini ko'rsatadi. Qonda spirtli moddalarni, mushaklarni bo'shashtiruvchi Carisoprodol preparatini ham topdilar. Toksikolog-mutaxassislar bu dori aqldan ozishga olib kelishi mumkinligini takidlashgan. Qo'shimchasiga tananing holati va Arturoda topilgan qon ham shubhalarni kuchaytirgan.

Ammo bu ishda qotillik bo'lgan deyish uchun faqatgina bitta dalil — vasiyatnoma edi. Birinchi tergov ishidan ko'p o'tmay, Gatti nikohni saqlab qolmoqchi bo'lib, butun mol-mulkini xotini va bolasi nomiga vasiyat qilib qoldirgani malum bo'ladi.

Oradan 13 yil o'tdi, lekin Arturo Gatti o'limining siri haligacha ochilmagan. Taxminlarga qaramay, huquqni muhofaza qilish organlari buni hamon o'z joniga qasd qilish deb hisoblashmoqda. Ammo Gattining vafot etishi va ringda hech qachon chekinmagan haqiqiy jangchining taslim bo'lishi ko'pchilik uchun katta sirligicha qolyapti. Arturo Gatti vafotidan keyin 2012 yilning 10 dekabrida Boks shon-shuhrat zaliga kiritilgan.

sports.ru sayti asosida Kamron Hasanov tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: