SportUz.Net
photo photo

Rojer Federerning 10 ta afsonaviy o'yini haqida bilasizmi?

21.09.2022 10:34    


Rasmni yuklab olish

Afsonaning uzoq yillik faoliyatida yirik g'alabalar va alamli mag'lubiyatlar bo'lgan.

Rojerning faoliyatidagi 10 ta afsonaviy o'yini haqida malumot beramiz.

Birinchi yirik g'alaba: "Uimbldon - 2003"

Rojer Buyuk Britaniyada "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlardagi o'zining birinchi chempionligini qo'lga kiritdi. 2003 yilda u "Uimbldon" finaliga chiqdi va unda avstraliyalik Mark Filippussisni mag'lub etdi.


17 yoshli Nadaldan sensacion mag'lubiyat

2004 yilda Rojer Federer birinchi marta Rafael Nadalga qarshi o'ynadi va bu Mayamidagi turnirning uchinchi davrasida sodir bo'ldi. O'shanda ispaniyalik 17 yoshda edi, u ATR reytingida 34-o'rinni egallab turgandi. O'sha uchrashuvda Nadal Federerni 6/3, 6/3 hisobida mag'lub etgan.


2008 yilgi "Uimbldon" finalida yana Nadalga yutqazgan

Rafa va Rojerning o'sha finali juda esda qolarli bo'ldi - 6:4, 6:4, 6:7, 6:7, 9:7 hisobi fikrimizni tasdiqlaydi.


Olimpiada oltin medali uchun kurash

2008 yilda Federer juftlik bahslarida Olimpiada chempioni bo'ldi. Turnirda u Sten Vavrinka bilan tandem hosil qilgan holda o'ynadi. Finalda shveycariyaliklar SHveciya hamkorligi - Tomas Yoxansson va Simon Aspelinni mag'lub etishga muvaffaq bo'lishdi.


"Rolan Garros"dagi yagona g'alaba

2009 yilda Federer faoliyatidagi birinchi va oxirgi "Rolan Garros" g'olibligini qo'lga kiritdi. Rojer finalda shveciyalik Robin Soderlingni mag'lub etgandi.


"Uimbldon - 2009" finali. Roddikka qarshi o'yin

Federer keyingi "Ulkan Toj" turniri - "Uimbldon" finalida amerikalik Endi Roddik bilan to'qnash keldi. Bahs besh set davom etdi va Rojer hal qiluvchi setning tay-brekida 16:14 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv to'rt soatdan oshiqroq vaqt davom etgan.


2009 yilgi US Open finali rekordli seriyani yakunladi

2009 yilda Federer so'nggi yillarda birinchi marta US Open turnirida mag'lub bo'ldi. Finalda u argentinalik Xuan Martin del Potroga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa, Rojerning g'alabali seriyasi 40 ta o'yinni tashkil etdi.


2017 yilgi Australian Open finalida Nadal bilan besh setlik o'yin o'tkazdi

2017 yilgi Australian Open finali unitilmas bo'ldi: Federer va Nadalning besh setlik o'yini (6:4, 3:6, 6:1, 3:6, 6:3) Rojerning g'alabasi bilan yakunlandi. 


2017 yilda "Leyver Kubogi"da Nadal bilan debyut

O'sha yili Nadal va Federer birinchi marta bir-biriga qarshi emas, balki juftlik sifatida o'ynashdi. Ular "Leyver Kubogi"da Evropa jamoasi sharafini himoya qilgan va juftlik bahsida amerikalik tennischilar Sem Kuerri va Jek Sokni mag'lub etishgan.


So'nggi yirik g'alaba: Australian Open - 2018

2018 yilda Federer so'nggi bor "Katta Dubulg'a" turnirida g'alaba qozondi. O'sha finalda uning raqibi xorvatiyalik Marin CHilich bo'lib, o'yin besh set davom etgan (6:2, 6:7, 6:3, 3:6, 6:1).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: