SportUz.Net
photo photo

Yevropa ligasidagi gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi

19.02.2021 09:30    


Rasmni yuklab olish

18 fevral, payshanba kuni Yevropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasidagi dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan 16ta o‘yinda 59ta gol urildi.

"Opta" tarqatgan xabarga ko‘ra, musobaqa qayta nomlangan mavsum-2009/2010dan buyon pley-off bosqichining bitta kunida urilgan gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi.

Kecha o‘tkazilgan 2ta o‘yinda darvozalarga 7ta to‘p kiritildi: «Yang Boyz» — «Bayer» (4:3) va «Antverpen» — «Reynjers» (3:4). «Olimpiakos» — «PSV Eyndxoven» (4:2) va «Molde» — «Xoffenxaym» (3:3) bahslarida esa muxlislar 6tadan golga mualliflik qilishdi.

Yevropa ligasi 1/16 final bosqichining javob o‘yinlari 24–25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: