SportUz.Net
photo photo

Sadio Mane «Bavariya»da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi. Noyer va Myuller undan keyingi o‘rinlarni egallagan

06.08.2022 14:00    


Rasmni yuklab olish

Sadio Mane «Bavariya»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Myunxen jamoasining yangi futbolchisi soliqlardan tashqari yiliga 22 million yevro maosh oladi, deya xabar beradi Kristian Falk.

Senegallik futbolchidan so‘ng eng ko‘p maosh olish bo‘yicha quyidagi futbolchilar turadi:

Manuel Noyer – yiliga 21 mln yevro;
Tomas Myuller – 20,5 mln yevro;
Kingsli Koman va Leroy Sane – ikkalasi ham 20 mln yevro;
Yozua Kimmix – 19,5 mln yevro;
Serj Gnabri – 19 mln yevro;
Leon Goretska – 17 mln yevro;
Matteys de Ligt, Lyuka Ernandes, Dayo Upamekano – uchalasi ham 16 mln yevro;
Marsel Zabitser va Alfonso Devis – 9 mln yevrodan;
Nussair Mazraui, Rayan Gravenberx va Benjamen Pavar – 8 mln yevrodan;
Jamal Musiala, Tangi Nyanzu va Erik-Maksim Shupo-Moting – 5 mln yevrodan;
Matis Tel va Buna Sarr – 4 mln yevrodan;
Paul Vanner va Yosip Stanishich – 2 mln yevrodan;
Gabriel Vidovich – 1 mln yevro.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: