XXI asrning ortda qolgan yillari eng ko‘p «xet-trik» qayd etgan futbolchilar reytingida ham Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasida katta jang ketmoqda. Germaniyaning transfermarkt portali bunday reyting shakllantirishda barcha rasmiy musobaqalarda rasmiylashtirilgan «xet-trik»larni hisobga oldi.
*** «MYU» - «Real» - «Yuventus» - «MYU» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan Portugaliya milliy jamoasi yetakchchisi Krishtianu Ronaldu hisobida naq 50ta «xet-trik» bor. U bu marrani 902ta rasmiy o‘yinda zabt etdi. «Barselona» va «PSJ» klublari hamda Argentina milliy jamoasi safidagina harakatlangan Lionel Messida o‘yinlar miqdori naq 90ta kam, lekin «xet-trik»lar soni o‘rtasidagi farq 2ta, xolos.
*** «Xet-trik»lar reytingining 3-pog‘onasi «Barselona»ning yangi hujumchisi Robert Levandovskiga tegishli. Lekin Polsha milliy jamoasi goleadorining yanada yuqoriga ko‘tarilishi dargumon. Zero, u 2-o‘rindagi Leodan ikki baravar ortda qolmoqda - 24ta «xet-trik». Shuningdek, Levagolning 3-qatordagi pozisiyasi ancha mustahkam. Har holda, «Bavariya»da bearmon gol urgan polyak eng yaqin ta’qibchisi - Luis Suaresni 6ta «xet-trik» darajasida ortda qoldirmoqda.
XXI asrda eng ko‘p «xet-trik» qayd etgan futbolchilar (barcha musobaqalarda)