Kicker nashri 2021/22 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi nomini e’lon qildi.
So‘rovnoma ishtirokchilari Bundesliga a’zolari va xorijda to‘p suradigan nemis futbolchilarga ovoz bergan.
«Leypsig» futbolchisi Kristofer Nkunku ortda qolgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ikkinchi o‘rinni «Bavariya»da mavsumni o‘tkazib, iyul oyida «Barselona» safiga o‘tgan Robert Levandovski egalladi. «Ayntraxt» darvozaboni Kevin Trapp kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Kicker nashriga ko‘ra 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchilari:
1. Kristofer Nkunku («Leypsig») — 134 ball;
2. Robert Levandovski («Bavariya»/«Barselona») — 128;
3. Kevin Trapp («Ayntraxt») — 65;
4. Toni Kroos («Real») — 54;
5. Niko Shlotterbek («Frayburg»/«Borussiya D») — 51;
6. Tomas Myuller («Bavariya») — 42;
7. Filip Kostich («Ayntraxt») — 28;
8. Ilkay Gundo‘g‘an («Manchester Siti») — 15;
9. Manuel Noyer («Bavariya») — 15;
10. Simon Terodde («Shalke») — 15.
Kechagi qonli jangdan keyin Doston Bozorovning yuzi "remontada"ga muhtoj bo'lib qolibdi + FOTO
"Avstraliyalikka uzoq tanaffus shart emas". Maddalena Maxachev bilan jang sanasi haqida gapirdi
Valentina SHevchenko UFC 315 g'alabasidan so'ng navbatdagi raqibi haqidagi savolga javob berdi