SportUz.Net
photo photo

Nilufar Qudratova CAFA Women's championship'da 2ta individual sovrinni qo‘lga kiritdi

21.07.2022 12:00    


Rasmni yuklab olish

Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasiga a’zo mamlakatlar ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasida musobaqa yakuniga yetganidan xabaringiz bor. O‘zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini mag‘lub etib, xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi.

Kecha g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik qizlarga oltin medallar topshirilgan bo‘lsa, Eron kumush va Qirg‘iziston bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, individual sovrinlar ham o‘z egalariga taqdim etildi. O‘zbekiston terma jamoasi sardori Nilufar Qudratova birdaniga 2ta sovringa ega chiqdi. U 5ta gol bilan musobaqa to‘purariga aylanishdan tashqari, musabaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eronga «Fair Play» sovrini topshirilgan bo‘lsa, Turkmaniston CAFA'ning maxsus sovriniga munosib deb topildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: