SportUz.Net
photo photo

CHL-2021/2022: xilma-xil raqamlar

13.07.2022 23:31    


Rasmni yuklab olish

Yevropa klub futboli bosh turniri - Chempionlar Ligasining oxirgi mavsumi ham muxlislarga unutilmas onlarni taqdim etdi har doimgidek.

Voqeliklar juda ko‘p: Sebastyan Allerning gol bo‘roni, Xosep Gvardiolaning yana yarim finalda to‘xtashi, «Real»ning 14-karra g‘olibga aylangani... Demak, quyida Futaa ma’lumotlari asosida tarixga ko‘chgan turnirga doir eng asosiy raqamlarga yana bir bora to‘xtalamiz.

2 - «Liverpul» UYEFA klublar reytingida 9-pog‘onadan 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Real» esa musobaqada g‘alaba qozonganiga qaramay, 3 pog‘ona pastladi (5-o‘rin). «Bavariya» hamon 1-o‘rinda.

3 - «Ayaks», «Bavariya» va «Liverpul» guruh bosqichida 100 foizli natija qayd etdi. Bir mavsumda 3ta klubning shunday natija ko‘rsatishi birinchi marta kuzatildi.

4 - Sebastyan Aller («Ayaks») CHLdagi debyutini «poker» bilan bezagan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. U «Sporting»ga qarshi kechgan 1-tur o‘yini (5:1)da raqib darvozabonini 4 marta ranjitdi. Ma’lumot uchun, 1992 yilning noyabrida Marko van Basten ham CHLdagi dastlabki o‘yinida 4ta gol muallifiga aylangan edi.

6 - Karlo Anchelotti musobaqada 6-marta g‘alaba nashidasini surdi. Futbolchi sifatida «Milan» bilan 2 bora zafar quchgan italiyalik murabbiylikda 4 marta shohsupaga ko‘tarildi («Milan» va «Real» boshqaruvida 2 martadan).

9 - Xosep Gvardiola murabbiy rolida 9-marta yarim final raundida qatnashdi. Ispaniyalik mutaxassis bu borada mutlaq rekordchi.

10 - Karim Benzema («Real») «pley-off» bosqichlarida 10ta gol urib, Krishtianu Ronaldu tomonidan mavsum-2016|2017da o‘rnatilgan rekordni takrorladi.

11 - Robert Levandovski «Bavariya» - «Zalsburg» o‘yini (7:1)da 11 daqiqa ichida 3ta gol urdi. Bu CHL tarixidagi uchinchi tezkor «xet-trik»dir.

12 - «Liverpul» 12-marta yevrokubok yarim finaliga chiqib, bu borada «MYU»ga tegishli bo‘lgan Angliya rekordini yangiladi.

14 - «Real» endi turnirning 14 karra chempioni! Madrid jamoasi jumladan, musobaqaning yangi davri, ya’ni CHLda 8-marta taxtga ko‘tarildi.

21 - «Barselona» oxirgi 21 yil badaliga, mavsum-2000|2001dan buyon ilk marta CHL «pley-off» bosqichidan chetda qoldi.

22 - «Bavariya» 1|4 finalda «Vilyarreal»ga 0:1 hisobida yengildi. Shu bilan Germaniya jamoasining CHLda 22ta uy uchrashuviga cho‘zilgan mag‘lubiyatsiz seriyasi (rekord) uzildi. 

34 - «Sherif» ishtiroki bilan CHL guruh bosqichida klublari qatnashgan mamlakatlar soni 34taga yetdi. Tiraspol klubi jumladan, «Santyago Bernabeu»da «Real»ni dog‘da qoldirib, butun Moldovaga o‘zgacha g‘urur bag‘ishladi.

60,1 - «Liverpul» va «Bavariya» to‘p nazorati bo‘yicha teng ko‘rsatkich (60,1 foiz) bilan ustunlik qildi. Turnir g‘olibi «Real» esa 32ta ishtirokchi orasida atigi 13-natijani qayd etdi - 50,4 foiz.

100 - Robert Levandovski («Bavariya»), Luka Modrich («Real»), Fernandinyo («Manchester Siti»), Marselo («Real») va David Alaba («Real») mavsum-2021|2022 davomida CHLda 100ta o‘yin marrasiga yetdilar. Umuman, turnir tarixida atigi 45 nafar futbolchi 100ta o‘yin marrasidan oshgan.

183 - Krishtianu Ronaldu CHL guruh bosqichi 2-turida turnirdagi o‘yinlari soni bo‘yicha peshqadam Iker Kasilyas (177ta)ni ortda qoldirdi. Portugaliyalik yulduz keyinchalik rekordni 183ta o‘yin darajasiga ko‘tarib qo‘ydi.

CHL-2021|2022: APL KLUBLARI ULUSHI

«LIVERPUL»

Ishtirok uchun: 15,6 million yevro

Natija uchun: 66,3 million yevro

Televizion hissa: 17,1 million yevro

Koeffisiyentlar jadvali bo‘yicha: 22,7 million yevro 

Chegirma: -4,1 million yevro 

Jami: 117,6 million yevro

-------------------------------------------------------------

«MANCHESTER SITI»

Ishtirok uchun: 15,6 million yevro

Natija uchun: 44,8 million yevro

Televizion hissa: 23,1 million yevro

Koeffisiyentlar jadvali bo‘yicha: 28,4 million yevro 

Chegirma: -3,8 million yevro 

Jami: 108,2 million yevro

«CHELSI»

Ishtirok uchun: 15,6 million yevro

Natija uchun: 33,2 million yevro

Televizion hissa: 11,3 million yevro

Koeffisiyentlar jadvali bo‘yicha: 33 million yevro 

Chegirma: -3,2 million yevro 

Jami: 89,9 million yevro

-------------------------------------------------------------

«MYU»

Ishtirok uchun: 15,6 million yevro

Natija uchun: 20,5 million yevro

Televizion hissa: 16,6 million yevro

Koeffisiyentlar jadvali bo‘yicha: 27,3 million yevro 

Chegirma: -2,7 million yevro 

Jami: 77,3 million yevro



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: