SportUz.Net
photo photo

U-23 Osiyo Chempionati yakunlariga ko‘ra Superliga futbolchilarining transfer narxlari yangilandi

21.06.2022 16:00    


Rasmni yuklab olish

Germaniyaning mashhur «Transfermarkt» portali yakuniga yetgan futbol bo‘yicha 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan so‘ng O‘zbekiston Superligasida to‘p suruvchi futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi.

Yangilanishga ko‘ra, eng ko‘p narxi oshgan futbolchilar va eng ko‘p narxi pasaygan 10 nafar futbolchi reytingi e’lon qilindi. Eng ko‘p narxi oshgan futbolchilarning 4 nafari «Olimpik», 2 tasi «Nasaf» vakili bo‘lsa, pasayganlar orasida 3 tadan «Paxtakor» hamda «Navbahor» klubi vakillari mavjud.

Superliga futbolchilarining yangilangan transfer narxlari bo‘yicha eng ko‘p qimmatlagan futbolchilar top o‘ntaligi (+ ortgan summasi, qavs ichida hozirgi transfer narxi):

1. Oybek Bozorov («Nasaf») +200 ming yevro (800 ming);
2. Umarali Rahmonaliyev («Bunyodkor») + 200 ming yevro (200 ming);
3. Dostonbek Tursunov («Olimpik») +150 ming yevro (250 ming);
4. Vladimir Nazarov («Olimpik») +150 ming yevro (250 ming);
5. Muhammadqodir Hamraliyev («Olimpik») +150 ming yevro (200 ming);
6. Xislat Xalilov («So‘g‘diyona») +150 ming yevro (150 ming);
7. Ruslan Jiyanov («Olimpik») +125 ming yevro (200 ming);
8. Husayn Norchayev («Nasaf») +100 ming yevro (800 ming);
9. Xurshid G‘iyosov (AGMK) +100 ming yevro (750 ming);
10. Ehsoni Panshanbe («Navbahor») +100 ming yevro (700 ming).

Superliga futbolchilarining yangilangan transfer narxlari bo‘yicha eng ko‘p pasaygan futbolchilar top o‘ntaligi (- pasaygan summasi, qavs ichida hozirgi transfer narxi):

1. Sardor Rashidov («Paxtakor») -150 ming yevro (600 ming);
2. Yegor Krimes («Navbahor») -150 ming yevro (350 ming);
3. Oleg Zoteev («Qizilqum») -100 ming yevro (450 ming);
4. Igor Golban («Navbahor») -100 ming yevro (400 ming);
5. Davron Umirov («Surxon») -100 ming yevro (100 ming);
6. Nurillo To‘xtasinov («Navbahor») -50 ming yevro (750 ming);
7. Temurxo‘ja Abduxoliqov («Qizilqum») -50 ming yevro (700 ming);
8. Farrux Sayfiyev («Paxtakor») -50 ming yevro (650 ming);
9. Azizbek Turg‘unboyev («Paxtakor») -50 ming yevro (650 ming);
10. Islomjon Qobilov («Lokomotiv») -50 ming yevro (550 ming).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: