SportUz.Net
photo photo

"Amirsoy"da o'tgan "Befit Race" xalqaro turniridan FOTOREPORTAJ

21.06.2022 10:34    


Rasmni yuklab olish

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Amirsoy Resort" dam olish maskanida "Befit Race" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Xalqaro turnir maqomida o'tgan mazkur start o'zida 7 mamlakatdan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq sportchilarni jamladi.

Musobaqaning ochilish marosimi ham o'ziga yarasha ko'tarinki ruhda o'tdi. Unda Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avaz Karimov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev va boshqa rasmiylar ishtirok etishdi. 

Marosimda so'zga chiqqan Avaz Karimov hamda Oybek Kasimov Prezidentimizning mamlakatimiz aholisi orasida sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirish bo'yicha olib borayotgan siyosatida bu kabi musobaqalarning ahamiyati yuqori ekanini alohida takidlashdi.

SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi. Unda havaskor va professional atletlar o'z yo'nalishlarida g'oliblik uchun bahs olib borishdi. 5 va 8 km masofadan iborat trassada ishtirokchilarni bir-biridan qiziqarli va murakkab mashqlar kutib turar edi. 

Barcha g'olib va sovrindorlar:

Sprint men

1-o'rin: Rustam CHoriev

2-o'rin: Javlonbek Yaxshiboev

3-o'rin: Elbek Rajabaliev


Sprint woman

1-o'rin: Ruzanna Israelyan

2-o'rin: Renata Kapkaeva

3-o'rin: Adelya Bugakova


Elite men

1-o'rin: Semyon SHadrin

2-o'rin: Lev Razuvaev

3-o'rin: Vladimir Donskov


Elite woman

1-o'rin: Ekaterina Dackovskaya

2-o'rin: Anastasiya Feoktictova

3-o'rin: Ekaterina Voronina


Team sprint

1-o'rin: Milliy gvardiya

2-o'rin: “Community force”

3-o'rin: Ichki ishlar vazirligi


Team elite

1-o'rin: “Akhmat”

2-o'rin: “Savage”

3-o'rin: “Buka”.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: