Bu yil «Tottenxem» vakili Son Xyun Min faoliyatida ilk marta APLning bosh to‘purariga atalgan sovringa ega chiqdi.
U shu tariqa nafaqat Janubiy Koreya, balki butun Osiyo futboliga katta plyus keltirdi, albatta. Axir koreys hujumchisidan oldin APLning «Oltin butsa»siga osiyolik biror futbolchi yaqin borgan emasdi. Barchasini to‘g‘ri baholagan Janubiy Koreya huqumati Son Xyun Minni mamlakatning eng oliy sport mukofoti bilan taqdirladi.
Sky Sports xabariga qaraganda, «Tottenxem»ning 29 yoshli legioneri Cheongnyong medalini «Seul» stadionida tashkillashtirilgan Janubiy Koreya va Braziliya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini oldidan shaxsan mamlakat prezidenti Yun Seok Yol qo‘lidan qabul qilib oldi. Aytish o‘rinli, koreys sportining oliy mukofoti Cheongnyong laureatlari qatorida figurali uchish bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Kim Yong A va golf vakili Park Se Ri bor.
APL-2021/2022ning 35ta o‘yinida 23ta gol urib, to‘purarlar poygasida kimsan Muhammad Saloh («Liperpul») bilan birga 1-o‘rinni olishdan tashqari, 9ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan Son Xyun Min mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxatidan chetda qoldi. Ha, bir kam dunyo-da, baribir...
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi