SportUz.Net

Messi terma jamoadagi gollari soni bo‘yicha jahon reytingida 4-o‘ringa ko‘tarildi

06.06.2022 08:00    


Rasmni yuklab olish

Argentina terma jamoasi Estoniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarning barchasi Lionel Messi hisobiga yozildi.

Shu tariqa, "PSJ" forvardi milliy jamoa safidagi gollari sonini 86taga yetkazib oldi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha u Ferens Pushkashni ortda qoldirib, terma jamoadagi gollari soni bo‘yicha jahon reytingida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ushb reytingni Krishtianu Ronaldu boshqaryapti. U Shveysariyaga qarshi o‘yinda "dubl"ga erishdi va o‘z golarini 117taga yetkazib oldi. Messi yana 4ta gol ursa, jadvalda 3-o‘ringa chiqib oladi.

Terma jamoalarning eng yaxshi to‘purarlari:

1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) – 117 gol (188 o‘yinda)
2. Ali Dayei (Iran) – 109 gol (148 o‘yinda)
3. Muxtor Daxari (Malayziya) – 89 gol (142 o‘yinda)
4. Lionel Messi (Argentina) – 86 gol (162 o‘yinda)
5. Ferens Pushkash (Vengriya) – 84 gol (89 o‘yinda)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: