SportUz.Net
photo photo

Konferensiyalar ligasi. Haftaning eng yaxshi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

26.05.2022 06:31    


Rasmni yuklab olish

Ilk marta tashkil etilgan Yevropa konferensiyalar ligasi finalida «Roma» Niderlandiyaning «Feyenoord» klubi bilan to‘qnash kelib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. UEFA mazkur o‘yin yakuni bo‘yicha haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Kris Smolling ("Roma" himoyachisi) — "Feyenoord"ga qarshi o‘yinda raqibdan to‘pni bir marta olib qo‘ydi, 4 marta to‘pni o‘z jamoasi nazoratiga qaytardi va uzatmalarining 90 foizi aniq bo‘ldi.

Ruy Patrisiu ("Roma" darvozaboni) — "Feyenoord"ga qarshi bahsda 5ta seyv namoyish etib, 4 marta to‘pni egallab oldi.

Orkun Ko‘kchyu ("Feyenoord" yarim himoyachisi) — "Roma"ga qarshi uchrashuvda 10.52 km masofa bosib o‘tdi, eng yuqori tezligi 28,6 km/soat bo‘ldi. Uzatmalarining 89 foizi aniq bo‘ldi.

Nikolo Dzanyolo ("Roma" yarim himoyachisi) — "Feyenoord"ga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi. Bahs davomida 8,55 km masofa bosib o‘tdi, uzatmalarining aniqligi 40 foiz bo‘ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: