SportUz.Net
photo photo

Yevropa ligasi. Mavsum ramziy jamoasi e’lon qilindi

20.05.2022 17:00    


Rasmni yuklab olish

UEFA yakuniga yetgan Yevrpoa ligasi musobaqasining joriy yilgi ramziy jamoasini e’lon qildi.

Ushbu jamoaga musobaqa g‘olibi — "Ayntraxt"dan 4 futbolchi kiritilgan bo‘lsa, finalchi "Reynjers"ning 3 nafar o‘yinchisiga joy berildi. Shuningdek, "Leypsig" va "Vest Xem"dan 2 nafardan futbolchilari ramziy jamoadan o‘rin olishdi.

Darvozabon: Kevin Trapp («Ayntraxt»).

Himoyachilar: Kreyg Douson («Vest Xem»), Martin Xinteregger («Ayntraxt»), Kelvin Bassi («Reynjers»).

Yarim himoyachilar: Jeyms Tavernye («Reynjers»), Konrad Laymer («RB Leypsig»), Deklan Rays («Vest Xem»), Filip Kostich («Ayntraxt»).

Hujumchilar: Kristofer Nkunku («RB Leypsig»), Rafael Borre («Ayntraxt»), Rayan Kent («Reynjers»).



Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Ayntraxt"ning serbiyalik yarim himoyachisi Filip Kostich topildi. Eng yaxshi yosh futbolchi sovrini esa Ansgar Knauff («Ayntraxt»)ga nasib etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: