«Bavariya» Germaniya chempionatining 31-turida «Borussiya D»ni mag‘lub etib (3:1), muddatidan avval chempionlik masalasini hal qildi.
Myunxenliklar mamlakat chempionligini ketma-ket 10 marta qo‘lga kiritdi va bu borada «Yuventus»ni ortda qoldirdi. Turin klubi A Seriyada ketma-ket 9 marta chempion bo‘lgan edi.
Fransiyada eng uzun seriya ketma-ket 7 marta chempion bo‘lgan «Lion»ga tegishli. Ispaniyada esa «Real» rekordchi hisoblanadi. Madridliklar 5 ta sovrinni ketma-ket qo‘lga kiritgan.
Angliyaning yuqori divizionida esa to‘rtta jamoa qatorasiga 3 marta chempion bo‘lgan — «Manchester Yunayted» (2 marta), «Liverpul», «Arsenal» va «Haddersfild». 1992 yildan buyon formati o‘zgartirilgan APL doirasida esa «Manchester Yunayted» bu rekordni qayd etgan.
Myunxen jamoasi futbolchisi Tomas Myuller faoliyatida 11-bor Germaniya chempionligini qo‘lga kiritib, bu borada rekordchiga aylandi. Myuller 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020, 2021 va 2022 yillarda Bundesliga g‘olibi bo‘lgan.
"Senga Jon Jons bilan jang tashkil qilib beraman". Dana Uayt Fyuriga UFCga o'tishni taklif qildi