SportUz.Net
photo photo

Benzemadan «Oltin to‘p»ni tortib oladigan futbolchi bormi? Da’vogarlarning yangi reytingi e’lon qilindi

19.04.2022 10:00    


Rasmni yuklab olish

Goal nashri o‘z talqiniga ko‘ra 18 aprel kuni «Oltin to‘p» uchun nomzod futbolchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

O‘tgan hafta reytingning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan Karim Benzema («Real Madrid») hamon ro‘yxatni boshqarib turibdi. «Bavariya» futbolchisi Robert Levandovski va Muhammad Saloh («Liverpul») kuchli uchlikdan o‘rin olgan.

Bir hafta avval top-20ni tark etgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Norvich" darvozasiga urgan 3ta golidan so‘ng ro‘yxatga qaytdi va 18-o‘ringa joylashtirildi. "Yuventus" forvardi Dushan Vlaxovich esa yigirmatalikni tark etdi.

Top-20lik bilan tanishing:

1 (1). Karim Benzema — «Real Madrid»
2 (2). Robert Levandovski — «Bavariya»
3 (3). Muhammad Saloh — «Liverpul»
4 (4). Kilian Mbappe — «PSJ»
5 (5). Luka Modrich — «Real Madrid»
6 (6). Sadio Mane — «Liverpul»
7 (7). Kevin de Bryuyne— «Manchester Siti»
8 (8). Vinisius Junior — «Real Madrid»
9 (9). Fil Foden— «Manchester Siti»
10 (10). Trent Aleksander-Arnold — «Liverpul».
11 (12). Diogo Jota— «Liverpul»
12 (11). Bernardu Silva — «Manchester Siti»
13 (15). Kristofer Nkunku — «Leypsig»
14 (14). Riyod Mahrez — «Manchester Siti»
15 (13). Joau Kanselu — «Manchester Siti»
16 (16). Tomas Myuller — «Bavariya»
17 (17). Xarri Keyn — «Tottenxem»
18 (20). Erling Xoland — «Borussiya Dortmund»
19 (reytingga qaytdi). Krishtianu Ronaldu — «Manchester Yunayted»
20 (18). Son Xyong Min — «Tottenxem»

Izoh: qavs ichida reytingdagi avvalgi o‘rni berilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: