SportUz.Net
photo photo

Yanning g'alabasini qaysi hakamlar tortib oldi? Birinchisini nohaq qarorlari sababli anchadan beri haydab yuborishni talab qilishadi. Ikkinchisi esa juda tajribasiz hakam...

12.04.2022 19:00    


Rasmni yuklab olish

Yanning g'alabasini qaysi hakamlar tortib oldi? Birinchisini nohaq qarorlar sababli anchadan beri haydab yuborishni talab qilishadi. Ikkinchisi esa juda tajribasiz hakam...

Falokat

UFC 273 kechasida Yan Sterlingga o'z aybi bilan mag'lub bo'ldi. CHunki rossiyalik sportchi yana jangni juda sekin boshladi. Yan bunday bo'lishiga aslida o'zi aybdor. U birinchi jangning o'zida g'alaba qozonishi lozim edi, biroq xatosi sababli g'alabani qo'ldan chiqardi. Petr jangda xatolarga yo'l qo'ydi, biroq u jangda g'alaba qozongandi. Buni hattoki Dana Uayt ham malum qildi. Uning fikriga ko'ra, Yan uchta raundni yutdi, biroq hakamlarning ikkitasi Sterlingning g'alabasini elon qilishdi. Birinchi raund eng bahsli bo'ldi va aynan o'sha raundda hakamlar g'alabani Sterlingga berishdi.


CHempionlik jangi uchun hakamlarning tanlanishi g'alati bo'ldi. D'Amatoni nohaq qarorlar sababli anchadan beri haydab yuborishni talab qilishadi. Uni bunday jangga tayinlanishi g'alati edi.

SHubhali qarorlarni Sal D'Amato va Elizeu Rodriges qabul qilishdi. Birinchisi ancha vaqtdan beri g'alati qarorlar qabul qiladi. Ikkinchisi esa besh yilda ilk bor UFC'da debyut qildi. U ilk bor bu darajada katta jangda hakamlik qildi.

UFC'ning ko'p hakamlari to'g'ri qarorlar qabul qiladi. Biroq Sal D'Amatoga bu gaplarni ishlatish xato. U juda ko'p janglarda «kalla qo'yadi». Uning so'nggi kutilmagan qarori shu yilning fevral oyida bo'lib o'tgan UFC Fight Night kechasida bo'ldi. U SHon Striklend va Jek Xermansson jangida hech kim kutmagan qarorni qabul qildi.

Qisqa Striklend va Xermansson jangi haqida: Striklend besh raund davomida to'liq ustunlikka erishdi. U jangda birinchi raqam bo'lib ishladi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Jangda uchta hakamlardan ikkitasi SHonning 49-46 hisobidagi g'alabasini elon qilishdi. Uchinchi hakam esa 47-48 hisobida Xermanssonning g'alabasini elon qildi. Bu hisobni esa aynan D'Amato qo'ygandi. O'shanda hakamni chetlatish kerakligi haqida gapirilgandi. Jangdagi zarbalar statistikasi 125-22ga SHonning foydasiga bo'lgan. Qanday qilib, shunday ko'rsatkich bilan g'alabani raqibga berish mumkin? Bunga qadar u Ngannu — Gan jangida ham ishlagan. O'shanda faqatgina u Ngannuga birinchi raundni bergandi. Bu jangda ham Siril ilk raundni so'zsiz olgan bo'lishiga qaramasdan.


U UFC'da 2007 yildan beri ishlab keladi va shu vaqtdan beri uning faoliyati janjallardan iborat bo'lib kelgan.

Ikkinchi hakamda esa umuman tajriba yo'q edi. Rodriges UFC'da deyarli ishlamagan. U tashkilotda atigi o'nta turnirda ishlagan. Bu esa juda ham kam...

Yanga g'alabani taqdim etgan ikkinchi hakam 2015 yildan beri UFC'da hakamlik qilmagan. Uning ismi Elizeu Rodriges! Birinchi hakam UFC'ning deyarli barcha turnirlarida ishtirok etadi va doim muxlislarning g'azabiga duchor bo'ladi. Ikkinchi hakam esa umuman yo'q joydan paydo bo'ldi. Umuman olganda Elizeu 10 yillik tajribaga ega hakam. Biroq u yil davomida uzog'i 3-4 ta turnir o'tkazgan.

Elizeu Rodrigesning MMA'dagi hakamlik faoliyati:

2011: Bellator 58 turnirida 4 ta jang;

2012: Bellator 80 turnirida 4 ta jang;

2013: WSOF 6 turnirida 4 ta jang;

2014: WSOF turnirida 8 ta jang

2015: UFC Fight Night 70 turnirida 3 ta jang

2016 – 2020: oralig'ida MMAda ishlamagan;

2021: PFL 7-10 turnirida 10 ta jang;

2022: UFC 273 turnirida 2 ta jang;


Elizeu Rodrigesning MMAdagi faoliyati juda ham sirli. U 2011 yildan beri hakamlik qilib keladi, biroq yil davomida juda kam turnirlarda ishtirok etadi. Etmaganiga 2016-2020 yillar oralig'ida umuman hakamlikni tark etgan. To'rt yillik tanaffusdan so'ng u 2021 yilda PFL'ning to'rtta turnirida ishtirok etdi va o'sha erdan UFC 273 kechasiga taklif etildi.

Qanday qilib, bunday jiddiy jangga Elizeu Rodrigesga o'xshagan tajribasiz hakamni qo'yish mumkin? 11 yil davomida 30 ta jang. Unda katta janglarda ishlash tajribasi yo'q edi.

Tanlov sababi nomalum. G'alabani Sterlingga bergan ikki hakamdan biri dahshatli obro'ga ega, ikkinchisi esa minimal hakamlik tajribasiga ega. Biroq, bu sodir bo'lgan voqeada Yanning o'zi aybdor ekanligini va unvonni qaytarish uchun hamma narsani qilishi kerakligini inkor etmaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: