SportUz.Net
photo photo

«Oltin to‘p»ga ehtimoliy da’vogarlar reytingida o‘zgarishlar bo‘ldi: Lionel Messi ham top-20dan tashqarida, Ronaldu 20-o‘rinda

04.04.2022 21:00    


Rasmni yuklab olish

Buyuk Britaniyaning Goal nashri o‘z talqiniga ko‘ra 4 aprel kuni «Oltin to‘p» uchun nomzod futbolchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

«Bavariya» futbolchisi Robert Levandovski ro‘yxatni boshqarib bormoqda. Karim Benzema («Real Madrid») va Muhammad Saloh («Liverpul») kuchli uchlikdan o‘rin olgan.

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi top-20 lik ro‘yxatdan joy olmadi. Argentinalik hujumchi mart oyining o‘rtalarida 10-o‘rindan 20-o‘ringa tushib ketgan edi. Yangilangan ro‘yxatga ko‘ra, Messi eng yaxshi yigirma nafar futbolchilar ichiga kiritilmadi. «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 20-o‘rinni egallab turibdi.

Top-20lik bilan tanishing:

1 (1). Robert Levandovski — «Bavariya»
2 (2). Karim Benzema — «Real Madrid»
3 (3). Muhammad Saloh — «Liverpul»
4 (4). Kilian Mbappe — «PSJ»
5 (5). Luka Modrich — «Real Madrid»
6 (6). Sadio Mane — «Liverpul»
7 (7). Bernardu Silva — «Manchester Siti»
8 (8). Riyod Mahrez — «Manchester Siti»
9 (9). Vinisius Junior — «Real Madrid»
10 (10). Trent Aleksander-Arnold — «Liverpul».
11 (12). Diogo Jota— «Ltverpul»
12 (11). Eduar Mendi — «Chelsi»
13 (13). Tomas Myuller — «Bavariya»
14 (15). Kevin de Bryuyne— «Manchester Siti»
15 (19). Kristofer Nkunku — «Leypsig»
16 (16). Fil Foden— «Manchester Siti»
17 (14). Dushan Vlaxovich — «Yuventus»
18 (17). Sebastyan Aller — «Ayaks»
19 (18). Erling Xoland — «Borussiya Dortmund»
20 (20). Krishtianu Ronaldu — «Manchester Yunayted»

Izoh: qavs ichida reytingdagi avvalgi o‘rni berilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: