SOCCER.RU veb-sayti Rossiya chempionatining 22-tur ramziy jamoasini tuzib chiqdi. Jamoaning chap qanot himoyasiga «Nijniy Novgorod» klubi a’zosi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev qo‘yildi.
Veb-sayt uning "Spartak"ga qarshi o‘yiniga quyidagicha ta’rif berdi:
"Kerjakov jamoasining chap qanot himoyachisi yana bir muvaffaqiyatli o‘yin o‘tkazdi. «Nijniy Novgorod» o‘z uyida «Spartak» klubiga yutqazmadi. Vaholanki, hisobni moskvaliklar ochishgandi. Promes, Bakayev va Nikolson darvozaga aniq zarba bera olmagan o‘yinda Yo‘ldoshev o‘zining yagona imkoniyatidan unumli foydalandi. O‘zbekistonlik futbolchi raqibning 3 ochko bilan qaytishiga imkon bermadi".