SportUz.Net
photo photo

Levandovski Bundesliganing safar o‘yinlaridagi gollar soni bo‘yicha rekordni takrorladi

12.03.2022 22:31    


Rasmni yuklab olish

«Bavariya» klubi Germaniya chempionatining 26-turi doirasida «Xoffenxaym»ga qarshi bo‘lib o‘tgan mehmondagi o‘yinda (1:1) o‘z hisobiga bitta gol yozdi.

Polshalik futbolchi Bundesliganing bir mavsumida safardagi bahslarda urgan gollari soni bo‘yicha rekordni takrorladi. Yupp Xaynkes (mavsum-1973/74) va Timo Verner (mavsum-2019/20) mehmonda 17ta gol bilan rekord sohiblari bo‘lib turishgandi.

«Bavariya» mavsum oxiriga qadar yana 4 marta safardagi o‘yinlarda ishtirok etadi: «Frayburg», «Arminiya», «Mayns» va «Volfsburg»ga qarshi. Levandovski ushbu rekordni yangilash imkoniyatiga ega.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: