SportUz.Net
photo photo

«Sporting» futbolchisi Chempionlar ligasi rekordini o‘rnatdi

10.03.2022 08:00    


Rasmni yuklab olish

«Sporting» hujumchisi Rodrigu Ribeyru Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvning 89-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va o‘z nomini musobaqa tarixiga yozib qo‘ydi.

Goal.com yozishicha, Ribeyru YECHL pley-off bosqichida ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Portugaliyalik futbolchi kecha 16 yoshu 315 kunlik edi. Shu paytgacha, hali 17 yoshga to‘lmagan futbolchi YECHL pley-off bosqichi bahsida maydonga tushmagan edi.

Chempionlar ligasining barcha bosqichlari tarixidagi eng yosh futbolchi esa Yusuf Mukoko hisoblanadi. U Dortmundning "Borussiya" klubi safida YECHLda debyut qilganida 16 yoshu 18 kunlik edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: