SportUz.Net

Liga-1'ning eng qimmat futbolchilari (top-10)

05.03.2022 12:00    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali Fransiya chempionatining ayni paytdagi narxi eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi.

Dastlabki 10 futbolchining 8 nafari "PSJ" a’zolari hisoblanadi. Shubhasiz, Kilian Mbappe narxi eng yuqori futbolchi hisoblanadi — 160 million yevro. Ikkinchi pog‘onani 90 million yevro bilan Neymar egallagan bo‘lsa, Markinyos (75 mln) kuchli uchlikka kirdi.

"Oltin to‘p"-2021 sohibi Lionel Messi ushbu reytingda 6-o‘rinni egalladi (60 million yevro). Faqat Jonatan Devid va Amin Guiri ushbu ro‘yxatda «PSJ» a’zosi hisoblanmaydi.

Fransiya chempionatining narxi eng qimmat futbolchilari (top-10)

1. Kilian Mbappe (PSJ) — 160 mln yevro

2. Neymar (PSJ) — 90 mln yevro

3. Markinyos (PSJ) — 75 mln yevro

4. Ashraf Hakimiy (PSJ) — 70 mln yevro

5. Janluidji Donnarumma — (PSJ) 65 mln yevro

6. Lionel Messi (PSJ) — 60 mln yevro

7. Marko Verratti (PSJ) — 55 mln yevro

8. Jonatan Devid ("Lill") — 50 mln yevro

9. Amin Guiri ("Nissa") — 45 mln yevro

10. Presnel Kimpembe (PSJ) — 40 mln yevro.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: