SportUz.Net

Eng ko‘p muxlis Namangan va Samarqandda, eng kam Toshkentda

04.03.2022 15:31    


Rasmni yuklab olish

Superliga-2022 ilk turining 5ta uchrashuvida o‘yingohlarda jami 37 818 tomoshabin tashrif buyurdi.

Eng ko‘p muxlis Namanganda kuzatildi – 19 720 tomoshabin. Samarqanddagi o‘yinda ham 13 ming sig‘imli o‘yingoh muxlislar bilan to‘ldi. Shu kuni 10 895ta chipta sotilgan. Yaypanda 5 mingdan ortiq, Toshkentdagi ikki o‘yin esa jami qariyb 2 ming tomoshabin to‘plagan. Bugun Olmaliq va Bekobodda ham o‘yinlar o‘tkaziladi.
 
Superliga. Tomoshabinlar tashrifi:

NAVBAHOR – NASAF - 0:0
Namangan. “Markaziy” stadion. 19720 tomoshabin.

DINAMO – PAXTAKOR - 0:2
Samarqand. “Dinamo” stadioni. 10895 tomoshabin.

NEFTCHI – QO‘QON-1912 - 0:0.
Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 5250 tomoshabin.

BUNYODKOR – SO‘G‘DIYONA - 0:0
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 1001 tomoshabin.

OLIMPIK – SURXON - 0:0.
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 952 tomoshabin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: