Konferensiyalar ligasi 1/16 final bosqichi doirasida 8ta javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. UYEFA mazkur o‘yinlar yakuni bo‘yicha haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogar 4 nafar o‘yinchini tanlab oldi.
Fira Sor ("Slaviya" himoyachisi) — "Fenerxbaxche"ga qarshi uchrashuvda (3:2) ikkita gol muallifiga aylandi.
Eli Dasa ("Vitess" himoyachisi) — "Rapid"ga qarshi bahsda (2:0) raqibdan to‘pni 2 marta olib qo‘yib, 8 marta to‘pni o‘z jamoasi nazoratiga qaytardi.
Jeyms Meddison ("Lester" hujumchisi) — "Randers"ga qarshi o‘yinda (3:1) ikkita gol urdi.
Ola Solbakken ("Bude-Glimt" hujumchisi) — "Seltik"ga qarshi uchrashuvda (2:0) raqib darvozasi tomon 3ta zarba berib, bitta gol muallifiga aylandi.
Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi