"Fulxem" hujumchisi Aleksandar Mitrovich Chempionshipning 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Piterboro Yunayted"ga qarshi o‘yinda (2:1) ikkita gol muallifiga aylandi.
Serbiyalik futbolchining joriy mavsumdagi gollari soni 33taga yetdi va Chempionshipning yangi tarixida (mavsum-2004/05dan boshlab) rekord o‘rnatdi.
Avvalgi rekord Ayven Toniga tegishli bo‘lib, "Brentford" futbolchisi mavsum-2020/21da 31ta gol muallifiga aylangandi.
Ma’lumot o‘rnida. "Fulxem" 67 ochko bilan Chempionshipda peshqadamlik qilmoqda. Mavsum yakunlanishiga esa hali 12ta tur bahslari bor.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi