SportUz.Net

«Manchester Yunayted» APLdagi 700-g‘alabani qo‘lga kiritdi

21.02.2022 10:31    


Rasmni yuklab olish

Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Lids" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda mankunianliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Mazkur g‘alaba "Yunayted" uchun Angliya premyer-ligasi doirasidagi 700-g‘alaba bo‘ldi. Bu haqda APL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

"MYU" Premyer-ligadagi ilk g‘alabani 1992 yilning avgust oyida qo‘lga kiritgandi. O‘shanda Dion Dablin "Sautgempton"ga qarshi bahsning 88-daqiqasida g‘alaba to‘pini kiritgandi.

"Qizil iblislar" ushbu 700 g‘alabaning 399tasini "Old Trafford"da qo‘lga kiritgan. Navbatdagi muvaffaqiyat jamoa uchun o‘z maydonida APL doirasida qo‘lga kiritilgan 400-g‘alaba bo‘ladi.

APLda eng ko‘p g‘alabani qo‘lga kiritgan klublar (top-5):

1. Manchester Yunayted - 700;
2. Chelsi - 611;
3. Arsenal - 610;
4. Liverpul - 598;
5. Tottenxem - 492.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: