20 fevral, yakshanba kuni "Bavariya" o‘z maydonida "Groyter"ga qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski mazkur uchrashuvda 2ta gol muallifiga aylandi. Polshalik futbolchi "Bavariya"ga o‘tganidan buyon "Groyter Fyurt" darvozasiga yo‘l topa olmay kelayotgandi. Shu tariqa, Robert o‘ziga qarshi o‘ynagan Bundesliganing barcha jamoalari darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Levandovski o‘z zarbalari orqali 26ta jamoa darvozabonlarini xafa qilganini ta’kidlash lozim.
"Senga Jon Jons bilan jang tashkil qilib beraman". Dana Uayt Fyuriga UFCga o'tishni taklif qildi