SportUz.Net
photo photo

"Sudya hibsga olish uchun buyruq bergan". Maykl Jordanning sharmandali va ko'pchilik bilmaydigan tarixi

10.02.2022 19:34    


Rasmni yuklab olish

Hamma qonun oldida bir, hatto NBA'ning olti karra afsonaviy chempioni ham.

Maykl Jordan — basketbol tarixida o'chmas iz qoldirgan sportchi. Parketda u takrorlanmas, maydon tashqarisida esa namunali fuqaro edi. Ammo biz hammamiz insonmiz va hatto jahon basketbolining super yulduzlari ham xato qilishlari mumkin. Xullas, Mayklning arzimagan xatosi deyarli qamoqqa olinishiga olib kelgan.

58 yoshli Jordanning tanqid qilinishi va hali ham bu davom etishiga yagona sabab - bu, uning qimor o'yinlariga qaramligi. Uning faoliyati davomida duch kelgan barcha janjallar qimor o'yinlari bilan bog'liq edi. Biroq qimor o'ynab, u AQSH qonunlarini, hatto NBA qoidalarini ham buzmagan.


1989 yilda Maykl Jordan mashina tezligini oshirgani uchun to'xtatishgan. O'sha vaqt superyulduzning haydovchilik guvohnomasi yo'q edi. Mayklga tegishli ayblov qo'yildi va ish sudga topshirildi. Afsonaviy o'yinchining sud majlisiga kelmagani vaziyatni yanada og'irlashtirdi.

Jordan hayotidagi sharmandali voqea, ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmagan va bugungi kunda deyarli unutilgan. Arxivlangan yozuvni faqat "Chicago Tribune" veb-saytida topish mumkin, u erda Mayklning qonun bilan bog'liq muammosini ko'rishingiz mumkin.

6 iyun kuni Leksington policiyasi xodimi Jordanning Feyet okrugi janubida soatiga 90 mil tezlikda haydashini yozib oldi. Basketbol yulduzi ham haydovchilik guvohnomasiga ega emasligi uchun sudya hibsga olish uchun order berdi. Maykl sudga kelmadi. Uning agenti Barbara Allen jurnalistlardan vaziyatni bilib olgach, ertasi kuni jarimani to'lagan va yakunda vaziyat tinch yo'l bilan hal qilindi. 


Jordan o'z agenti orqali 102,5 dollar jarima to'lagan. SHundan so'ng uni hibsga olish to'g'risidagi buyruq qaytarib olingan, lekin uning benuqson shaxsiy faylida kichik bir belgi hamon saqlanib qolmoqda.

Biroq boshqa taniqli basketbolchilar bilan solishtirganda, Maykl Jordan shunchaki "farishta". Bu haqda u o'zining “So'nggi raqs” hujjatli filmida aytib o'tgan.

“Jamoadoshlar men ko'rishni istamagan narsani qilishardi. Mavsum oldidan bitta voqea yuz berdi. Biz Peoriyada edik, menimcha. Mehmonxonaga kirdik, men jamoadoshlarimni topishga harakat qilardim.

Ularni topganimda ularda taqiqlangan moddalar bor edi. Ular bilan yana yolg'iz dam olishingiz mumkin bo'lgan ayollar xam bo'lgan. Agar policiya kelib tintuv qilsa, men ham xonadagilar kabi aybdor bo'lardim. SHuning uchun men u erdan ketdim" - deydi Jordan.

Hatto afsonalar ham xato qilishadi. Maykl Jordan ham bundan mustasno emas edi. Ammo u "Chicago Bulls" jamoasi bilan oltita NBA chempionligini qo'lga kiritdi, ko'pchilik tomonidan tarixdagi eng buyuk basketbolchi sifatida obro' qozondi va dunyodagi eng boy sportchilardan biriga aylandi.


olamsport.com.com sayti asosida Kamron Hasanov tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: