SportUz.Net
photo photo

21-asrda jarima zarbasidan gol urgan futbolchilar. Messi hattoki kuchli uchlikda emas

04.02.2022 00:00    


Rasmni yuklab olish

21-asrda jarima zarbasidan eng ko‘p gol urgan futbolchilar statistikasi hisoblab chiqildi. Unda faqat klub safida urilgan gollar hisoblangan.

Birinchi o‘rinni braziliyalik Juninyo Pernambukano egalladi. "Lion" afsonasi jarimadan 74ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U faoliyati davomida jami 118ta gol urganini inobatga olsak, u gollarining 60 foizidan ko‘prog‘ini jarimadan urgan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasini kim band etgan deb o‘ylaysiz? «San-Paulo» klubining afsonaviy darvozaboni Rojerio Seni! U faoliyati davomida jami 59 marta raqib darvozasini jarima zarbasi orqali ishg‘ol qilgan! Uchinchi o‘rinni esa yana bir braziliyalik afsona – Ronaldinyo band etdi: jarima zarbasidan 55ta gol.

Leo Messi qani? Argentinalik futbolchi hisobida 50ta gol bor. U mazkur statistikani yaxshilashi uchun "PSJ"da gol urishni boshlashi kerak.

Beshinchi o‘rinda esa Krishtianu Ronaldu bormoqda. Portugaliyalik futbolchi jarima zarbasidan 47ta gol muallifiga aylangan. So‘nggi marta u jarima zarbasini 2020 yilda («Yuventus» safida) gol aylantirgandi.

Shuningdek, ro‘yxatda Devid Bekxem, Alessando Del Pyero, Roberto Karlos va Uesli Sneyder kabi mahoratli futbolchilar bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: