SportUz.Net
photo photo

Yanvar oyining eng qimmat transferlari reytingi e’lon qilindi (top-10)

01.02.2022 14:31    


Rasmni yuklab olish

Yevropada qishki transfer oynasi yopildi. Transfermarkt xabar tarqatishicha, "Fiorentina"dan "Yuventus"ga o‘tgan Dushan Vlaxovich yanva oyining eng qimmat transferiga aylandi. Portal uning transferini 81,6 million yevroga baholagan.

"Barselona"ning yangi forvardi Ferran Torres 55 million yevro bilan ikkinchi pog‘onaga joylashtirilgan bo‘lsa, "Portu"dan "Liverpul"ga o‘tgan Luis Dias kuchli uchlikka kirdi (45 million yevro).

Yanvar oyining eng qimmat transferlari (top-10):

1. Dushan Vlaxovich (Fiorentina – Yuventus) – 81,6 million yevro;
2. Ferran Torres (Manchester Siti – Barselona) – 55 million yevro;
3. Luis Dias (Portu – Liverpul) – 45 million yevro;
4. Bruno Gimaraynsh (Lion – Nyukasl) – 42,1 million yevro;
5. Kris Vud (Bernli – Nyukasl) – 30 million yevro;
6. Lyuka Din (Everton – Aston Villa) – 30 million yevro;
7. Vitaliy Mikolenko (Dinamo Kiyev – Everton) – 23,5 million yevro;
8. Yuri Alberto (Internasyonal – Zenit) – 20,0 million yevro;
9. Rodrigo Bentankur (Yuventus – Tottenxem) – 19,0 million yevro;
10. Xulian Alvares (River Pleyt – Manchester Siti) – 17,0.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: